w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatimizda sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari ko`rib chiqildi

Viloyatimizda sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalari ko`rib chiqildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev viloyatimizda sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish bo`yicha Turkiyaning sog‘liqni saqlash mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Turkiya tomoni sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy sug‘urta tizimi, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.
Viloyat rahbari Turkiya tajribasini o‘rganish va uni tibbiyot birlashamalarida qo‘llash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu yondashuv tizim boshqaruvini optimallashtirish va tibbiy samaradorligini oshirishga imkon beradi dedi Adiz Boboyev.
Muzokaralar yakunida tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va ushbu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kiritilgan vaqti: 22/02/2025 15:35.   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyatimizda-sogliqni-saqlash-tizimini-isloh-qilish-masalalari-korib-chiqildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing