w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatimiz delegatsiyasi Jiangsu Soho Holdings Group faoliyati bilan tanishdi

Viloyatimiz delegatsiyasi Jiangsu Soho Holdings Group faoliyati bilan tanishdi

Ayni paytda XXRda bo’lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi Jiangsu Soho Holdings Group yirik davlat korxonasida bo’lishdi.

Tashrif doirasida o’tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi Samarqandning investitsion jozibadorligi va imkoniyatlari haqida so’zlab berdi hamda o’zaro hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lishini bildirdi.


Ma’lumot uchun, bugungi kunda mazkur guruh tarkibida 370 ta korxona birlashgan bo’lib, unda 20 ming xodim faoliyat olib boradi. Umumiy aktivlari 12,3 milliard AQSH dollari, sof aktivlari 4,3 milliard AQSH dollari va yillik daromadi 16,1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Korxona savdo, logistika, ishlab chiqarish innovatsiyasi, moliya, sarmoya korxonasi sifatida faoliyat yuritadi.

Soho Holdings Group 160 dan ortiq mamlakat va mintaqalar bilan keng iqtisodiy va savdo aloqalarini o’rnatgan bo’lib, Xitoy bo’ylab o’z sektoridagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.


Kiritilgan vaqti: 27/07/2024 10:21.   Ko‘rilganligi: 199
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyatimiz-delegatsiyasi-jiangsu-soho-holdings-group-faoliyati-bilan-tanishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.