w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Viloyat hokimligida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda sohada faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar rahbarlari, "Zarafshon" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasining hududiy bo‘limi, “Samarqandbaliqsanoat” MCHJ hamda suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini nazorat qiluvchi inspeksiya mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda viloyatda baliqchilik tarmog‘ining bugungi holati, sohadagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, suv resurslaridan samarali foydalanish, yer maydonlarini rasmiylashtirishdagi muammolar, veterinariya xizmatlarini takomillashtirish, intensiv texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan baliq yetishtirishda zamonaviy, intensiv usullarni keng joriy etish, suvdan oqilona foydalanish va sohada raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha qator amaliy takliflar bildirildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘z faoliyati davomida uchrayotgan muammolarni ochiq bayon etib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar mas’ullari bilan muloqot qildi.
Yig‘ilish yakunida baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Kiritilgan vaqti: 12/06/2026 20:15.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyatda-baliqchilikni-rivojlantirish-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing