w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Yaponiyaning "Okamoto Corporation" kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

Viloyat rahbari Yaponiyaning "Okamoto Corporation" kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaning yetakchi "Okamoto Corporation" kompaniyasi prezidenti Ryutaro Okamoto bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Kompaniya prezidenti hududga investisiya kiritishga qiziqish bildirdi. U paxta yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonli paypoq ishlab chiqarish zavodini barpo etish niyati borligini ta’kidladi.
Adiz Boboyev mazkur mahsulotga ichki va tashqi bozorda talab katta ekanligini qayd etdi.
Yaponiya delegatsiyasi vakillari yaqin vaqt ichida Samarqand viloyati imkoniyatlarini o‘rganib, keyinchalik aniq investitsiya taklifini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Kiritilgan vaqti: 04/10/2025 13:34.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-yaponiyaning-okamoto-corporation-kompaniyasi-prezidenti-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing