w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Viloyat rahbari Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoyning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri – China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida mehmonlar "Shirin" ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi qurilishida ishtirok etish istagini bildirib, o‘z takliflarini taqdimot shaklida namoyish qildilar.

CSCEC mutaxassislari qurilish jarayonida hududning relefi, ekologik xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olish muhimligini ta’kidlab, bu borada ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xitoy kompaniyasi vakillari loyihani amalga oshirish jarayonida qurilish sifatini ta’minlash va ekologik barqarorlikni saqlash ustuvor yo‘nalishlar ekanini aytishdi.
China State Construction – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yurituvchi yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, infratuzilma, ko‘chmas mulk, muhandislik va loyiha-qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Xitoydagi osmono‘par binolarning 90 foizidan ortig‘ini barpo etgan.
CSCEC International kompaniyasi va "Shirin" direksiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Bu kelishuv Xitoy kompaniyasining "Shirin" loyihasida faol ishtirok etishi yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi.

Oxirgi o‘zgarish: 31/03/2025 10:53.   Ko‘rilganligi: 102
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-xitoyning-yirik-qurilish-kompaniyasi-vakillari-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing