w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi vakilini qabul qildi

Viloyat rahbari Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi vakilini qabul qildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi a’zosi, Xalqaro bo`lim boshlig`i Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyat rahbari O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi mustahkam aloqalar do'stlik, strategik sheriklik rishtalariga asoslangan o'zaro manfaatli va samarali hamkorlikning namunasi ekanligini bildirdi.
Bunda ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro munosabatlaridagi qat'iy ishonch, ochiqlik, samimiyat, eng muhimi, barcha kelishuvni amalda ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi siyosiy xohish-irodasi strategik hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lmoqda.
"Hozirgi kunda Samarqand viloyatida 140 dan ortiq Xitoy kompaniyalari foliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar faoliyati o`z navbatida ikki davlat savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalari rivojlanib borayotganini ko`rsatib turibdi",- dedi viloyat rahbari Adiz Boboyev.
Shuningdek, Xitoy shaharlari bilan Samarqand o`rtasida havo qatnovlari sonini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berildi.
Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi a’zosi Lyu Szyanchao sammimiy qabul uchun viloyat rahbariga minnatdorchilik bildirdi. " Samarqandda avval ham bo`lganman, oradan ancha vaqt o`tdi. Bugun katta o`zgarishlarni ko`rib ochig`i lol qoldim, rivojlanish barcha sohalarda o`z aksini ko`rsatmoqda. Bu quvonarli holdir",-dedi Lyu Szyanchao.
Delegatsiya rahbari Xitoy barcha yo`nalishlarda O`zbekiston bilan xususan Samarqand viloyatida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishda yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, uchrashuvda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kiritilgan vaqti: 29/03/2025 23:40.   Ko‘rilganligi: 103
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-xitoy-kommunistik-partiyasi-markaziy-qomitasi-vakilini-qabul-qildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing