w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari turkiyalik loyihachilar bilan uchrashdi

Viloyat rahbari turkiyalik loyihachilar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Turkiyaning Vertebra Studio – Arxitektura va dizayn studiyasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2009-yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya asosan arxitektura, interyer, shaharni rejalashtirish va restavratsiya sohasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, jamoatchilik va ommaviy bino loyihalarini ham tayyorlaydi. Tashkent Metro Plaza, Van Public Library kabi loyihalar ham ushbu arxitektura va dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Muloqotda shaharsozlik sohasi, yangi binolar qurilishida hamkorlik qilish xususan, Samarqandda "Hunarmandlar markazi" va sayyohlar uchun milliy uslubdagi mehmonxona barpo etish loyihasi muhokama qilindi. Ushbu loyihani amalga oshirishda shaharning iqlim sharoiti va milliy an’analaridan kelib chiqqan holda ishlash yuzasidan fikr almashildi.

Kiritilgan vaqti: 03/09/2025 09:33.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-turkiyalik-loyihachilar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing