w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari turkiyalik investorni qabul qildi

Viloyat rahbari turkiyalik investorni qabul qildi

Viloyat hokimligida viloyat rahbari Adiz Boboyev va turkiyalik investor Ali Baklan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda investor viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, Bulung‘ur tumanidagi G’ubdin massivida Ali Baklan ketchup va souslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Ayni paytda Turkiya Respublikasidan uskunalar olib kelish va o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilgan. Korxona joriy yilning iyul oyida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 1000 tonnagacha sabzavot mahsulotlari qayta ishlanib, 500,0 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilinadi va 30 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Uchrashuvda Ali Baklan viloyat rahbaridan gaz tarmog‘iga ulanish uchun ruxsat olishda yordam berilishini so‘radi. Adiz Boboyev ushbu masalani hal etish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ayni paytda Bulung‘ur tumanida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 18/06/2025 08:54.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-turkiyalik-investorni-qabul-qildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing