w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi

Viloyat rahbari tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi binosini borib ko‘rdi.

Mazkur tashkilotda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish zarurligi bildirildi.
Boshqarma veterinariya sohasi va chorvachilikni barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, epizootik osoyishtalikni ta'minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarini olib boradi.
Viloyat rahbari tashkilot moddiy texnik bazasini yaxshilash, xodimlarga munosib sharoitlar yaratish zarurligi, ish unumdorligini oshrish borasida o‘z takliflarini berdi.
Shu kuni viloyat rahbari "Samarqand suv qurilish invest" davlat muassasasi faoliyati bilan ham tanishdi. Tashkilot hududini obodonlashtirish, qarovsiz va bo‘sh turgan joylardan samarali foydalanish borasida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Kiritilgan vaqti: 18/04/2025 22:04.   Ko‘rilganligi: 188
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-tashkilotlar-faoliyati-bilan-tanishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing