w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari ta’lim tizimi xodimlarini eshitdi

Viloyat rahbari ta’lim tizimi xodimlarini eshitdi

Oqdaryo tumanida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini yaxshilash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy o‘quv-tarbiya usullarini joriy etish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda viloyat rahbari ta’lim har qanday jamiyatning asosiy poydevori ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan islohotlar va yangi loyihalar hamda bildirilgan takliflarni o‘rganib, amalda joriy etish muhimligini qayd etdi.

Kiritilgan vaqti: 14/05/2025 08:50.   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-talim-tizimi-xodimlarini-eshitdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing