w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari simfonik orkestr va milliy musiqa taqdimotida qatnashdi

Viloyat rahbari simfonik orkestr va milliy musiqa taqdimotida qatnashdi

Teatr mavsumining ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda jamoatchilik vakillari,  turizm va sayyohlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan firmalar  mas’ullari ishtirok etishdi.

Unda viloyatimiz san’at ustalari o‘z mahoratini namoyish etdilar. Orkestr ijrosida mumtoz shoirlar - Alisher Navoiy, Bobur, Umar Hayyom va boshqa ijodkorlar asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.

Simfonik orkestr va milliy musiqa taqdimoti har kuni belgilangan vaqtlarda Samarqandga tashrif buyuradigan sayyohlar va milliy musiqa san’ati ixlosmandlari uchun ikki marta namoyish etiladi.

Bu esa turizmni yanada rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni ishga solish, yurtimizga keladigan sayyohlarda mumtoz musiqa san’atiga qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 12/04/2025 22:41.   Ko‘rilganligi: 37
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-simfonik-orkestr-va-milliy-musiqa-taqdimotida-qatnashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing