w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Pokiston Islom Respublikasi sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Viloyat rahbari Pokiston Islom Respublikasi sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimligi binosida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Pokiston Islom Respublikasi sanoat va ishlab chiqarish vaziri o‘rinbosari Sayf Anjum boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adiz Boboyev ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, turizm, xizmat ko‘rsatish, charm va ipakni qayta ishlash, to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish borasida o‘z takliflarini berdi.
O‘z navbatida Saif Anjum ushbu sohalar Pokiston sanoat va ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida imzolangan Bayonga to‘liq mos kelishini ta’kidladi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro manfaatli munosabatlarni chuqurlashtirish, jumladan, Samarqand viloyati bilan hamkorlik o‘rnatish ekanini ta’kidladi.
Tomonlar istiqbolli loyihalarni chuqur o‘rganishga kelishib oldilar. Adiz Boboyev Pokiston delegatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaning iqtisodiy salohiyatini chuqur o‘rganish uchun mas’ul xodimni tayinladi. Tahlillar asosida ishchi guruhlari tuzilib, kelgusida muzokaralar olib borish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi.

Kiritilgan vaqti: 18/09/2025 21:04.   Ko‘rilganligi: 234
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-pokiston-islom-respublikasi-sanoat-va-ishlab-chiqarish-vaziri-orinbosari-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing