w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Kattaming mahallasiga bordi

Viloyat rahbari Kattaming mahallasiga bordi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kattaming mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdi. 

Suhbat chog‘ida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari yoshlar uchun ajratilgan 5 gektar maydonda tashkil etilgan anjirchilik faoliyati bilan tanishdi. Mazkur tashabbus yoshlarga ish o‘rinlari yaratish ва hudud iqtisodiy salohiyatини oshirishgа xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Petrol Agro Biznes NOM” fermer xo‘jaligida Shinjon texnologiyasi asosida yetishtirilayotgan paxta dalasi ko‘zdan kechirildi. Yangi  tajriba ijobiy baholanib, uni boshqa hududlarda ham joriy qilish taklif qilindi.

Adiz Boboyev shu kuni mahalladagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham bo‘lib, ta’lim jarayoni, moddiy-texnik baza va o‘qituvchilar tajribalari bilan tanishdi. Maktab faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tumandagi “Kumush tola” xususiy korxonasi faoliyati ham o‘rganildi. Viloyat rahbariga korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari va yaratilgan ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.


Kiritilgan vaqti: 21/06/2025 18:35.   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-kattaming-mahallasiga-bordi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing