w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Ishtixon tumani paxta dalalarida bo‘ldi

Viloyat rahbari Ishtixon tumani paxta dalalarida bo‘ldi

Ishtixon tumanida faoliyat yuritayotgan 205 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2025-yil hosili uchun 6910 gektar maydonda paxta yetishtirildi.

Ushbu maydonlarda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda terib olish maqsadida 124 ta terim otryadi tashkil qilinib, 12 ta paxta terish mashinasi jalb qilindi.
Shuningdek, tumanda mavjud 5 ta paxta qabul qilish maskanlari mavsumga tayyor holatga keltirilib, maskanlardagi elektron tarozilar to‘liq Agrotarozi axborot tizimiga ulandi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev tumandagi "Ishtixon oltin yerlari" fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, yetishtirilgan paxtani terib olish jarayonlari bilan tanishdi. Mazkur fermer xo‘jaligida xorijiy paxta navi tomchilatib sug‘orish tizimi asosida ekilgan. Natija ham yuqori bo‘ldi. Agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilganligi tufayli har gektardan 60–67 sentner hosil olinmoqda.
Adiz Boboyev tumandagi "Asalchi Eldor" fermer xo‘jaligi paxta dalasida ham bo‘lib, paxta terimi ishlari bilan tanishdi. Soha mutaxassislari va terimchilar bilan suhbatlashdi.
Ushbu fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 54 gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunda 60 sentnerdan hosil olinmoqda.
Viloyat rahbari paxtani tez va sifatli terib olish, kelgusi mavsumlarda tomchilatib sug‘orish tajribasini keng qo‘llash bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.

Kiritilgan vaqti: 04/10/2025 17:31.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-ishtixon-tumani-paxta-dalalarida-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing