w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Ichki ishlar boshqarmasining situatsion markazida bo‘ldi

Viloyat rahbari Ichki ishlar boshqarmasining situatsion markazida bo‘ldi

Viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev dastlab markazdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Ushbu markaz to‘liq zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, Samarqand shahrida mavjud video kuzatuv kameralarining geoinformatsion tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarni ochish maqsadida profilaktik hisobda turgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Markazda viloyat ichki ishlar boshqarmasining tegishli sohaviy xizmatlari xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan.
Viloyat rahbariga Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu qaror ijrosi doirasida aholi gavjum joylarda kameralar o‘rnatish yuzasidan mas’ullarga ishlarni jadallashtirish hamda aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida avtotransport vositalari 2-3 barobar ko‘payib ketganligi, buning natijasida esa yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelayotgani, bu esa ekologiya, yo‘lovchilar xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi. Viloyat IIB YHXB mutasaddilari tomonidan shahar ko‘chalarida tirbandlikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Adiz Boboyev taqdimot bilan tanishib, tirbandlik muammosini hal qilishda eng samarali yechimlardan foydalanish zarurligini bildirdi.
Soha xodimlari tomonidan “Raqamli mahalla” tizimi haqida ham ma’lumotlar berildi. “Xavfsiz shahar” va “Xavfsiz mahalla” tizimlari kabi “Raqamli mahalla” dasturi ham huquqbuzarliklarni erta aniqlashda hamda sun’iy intellektning yuzni tanish, harakat trayektoriyasini belgilash va avtomatik signal berish kabi funksiyalarining ishga tushirilishi yaxshi natija berishi ta’kidlandi.

Kiritilgan vaqti: 15/08/2025 14:55.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-ichki-ishlar-boshqarmasining-situatsion-markazida-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing