w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat Kengashi sessiyasida

Viloyat Kengashi sessiyasida

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev joriy yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitilmoqda.

Viloyat hokimining qayd etishicha, 9 oy yakuni bilan viloyatning yalpi hududiy mahsulot hajmi 87,5 trln. so‘mni yoki o‘sish sur’ati 107,7 foizni tashkil etdi.

Bunda, sanoat hajmi 7,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,9 foizga, xizmatlar hajmi 14,1 foizga va qurilish hajmi 22 foizga o‘sishi ta’minlandi.

Yil yakuni bilan, yalpi ichki mahsulot 7,1 foizga, sanoat 7,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 4,1 foizga, xizmatlar 14,5 foizga va qo‘rilish ishlari 17 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Umumiy byudjet daromadlari 4,7 trln. so‘mga (106,4 foiz), mahalliy byudjet daromadlari esa 4,6 trln. so‘mga (108,8 foiz) yoki 373,5 mlrd. so‘m orttirib bajarildi.


Kiritilgan vaqti: 12/11/2025 11:20.   Ko‘rilganligi: 13
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-kengashi-sessiyasida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing