w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahri, Oqdaryo va Payariq tumanlarida  qurilish bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishmoqda

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahri, Oqdaryo va Payariq tumanlarida  qurilish bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishmoqda

Viloyat rahbari boshchiligidagi mas'ullar  dastlab Oqdaryo tumanidagi "Mahdumi A'zam"  ziyoratgohi binolarini rekonstruksiya qilish, 

hududni obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalarini ko'rib chiqishdi.

Shundan keyin viloyat rahbari Imom Buxoriy majmuasi hamda ziyoratgoh joylashgan mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Bu yerda Xo'ja Ismoil shaharchasinining arxitektura va me'moriy qiyofasi hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash,  yo'l bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish shuningdek, ijtimoiy soha ob'yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va obodonlashtirish  borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyat va tuman tashkilotlari mas'ullari bilan o'tgan o'rganishda viloyat rahbari hududda boshlangan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish borasidagi ishlar qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishdi.

Hududlar bo'ylab davom etgan tanishish jarayonida, yangi qurilish ob'yektlari uchun tanlangan joylar ham ko'zdan kechirildi.

Jarayonda, viloyat rahbari ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 17/02/2025 13:48.   Ko‘rilganligi: 37
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyev-samarqand-shahri-oqdaryo-va-payariq-tumanlarida-qurilish-bunyodkorlik-obodonlashtirish-ishlarining-borishi-bilan-tanishmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing