w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.

Viloyat hokimi Samarqand shahridagi Imom Moturidiy majmuasi va Chokardiza qabristonini ziyorat qildi.

Unda professorlar Mamayunus Pardayev, Dilorom Salohiy, matnshunos Komilxon Kattayev, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, muzey va kadastr xizmati xodimlari ishtirok etdilar. 

1947-yilda buzib tashlab, ustida uy-joylar qurilgan Chokardiza qabristoni tarixi bilan bog’liq manbalar asosida fikrlar aytildi, takliflar o’rtaga tashlandi.

Keyingi yillarda mazkur ziyoratgoh va uning atrofini obod qilish, bu yerda mangu orom topgan Imom Moturidiy va yana boshqa ko’plab allomalar haqidagi manbalarni o’rganish va keng tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq, hali qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, to’plangan manbalar bu yerni to’la tadqiq etishga imkoniyat bermaydi. Shu sababli viloyat rahbari taklifiga ko’ra, Chokardiza qabristoni tarixi, u yerdagi qabrlar o’rnini aniqlash maqsadida kartograflar, arxeologlar, tarixchi olimlar, din peshvolaridan iborat ishchi guruhi tuziladigan bo’ldi. Bu jarayonga nafaqat mahalliy, balki xorijdagi olim va tadqiqotchilar, diniy ulamolar, keng xalq ommasini ham jalb qilish kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari uchrashuvda Samarqand davlat chet tillari universitetida arab tili bo’limi ochilgani va uning olimlari, talabalari qadimiy qo’lyozmalarni tarjima qilishayotganligi bildirildi. Shu soha olimlari bilan muloqot o’tkazish, fidoyi tarjimonlarni rag’batlantirishga ham kelishib olindi.


Kiritilgan vaqti: 14/11/2023 15:22.   Ko‘rilganligi: 172
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-samarqand-shahridagi-imom-moturidiy-majmuasi-va-chokardiza-qabristonini-ziyorat-qildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.