w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Qo‘shrabot tumanidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan muhokama o‘tkazdi

Viloyat hokimi Qo‘shrabot tumanidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan muhokama o‘tkazdi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Qo‘shrabot tumanida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston-Xitoy hamkorligidagi "FUJIAN XINWANCHENG INVESTMENT" va "SI TONG STONE" korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Granit toshini qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur korxonalar umumiy qiymati 75 million AQSH dollariga (mos ravishda 35 mln va 40 mln dollar) teng yirik investitsiya loyihalaridir.
Uchrashuv davomida xitoylik investorlar korxonalarning joriy faoliyati haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, granit chiqindilarini qayta ishlash va gazoblok, bezakli tosh hamda talab yuqori bo‘lgan boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan to‘rtta yangi zavod qurish imkoniyatlari muhokama qilindi. Investorlar turli nizoli holatlarni hal etishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun viloyat hokimiga minnatdorlik bildirdi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan ayrim muammolarni ham bayon etdilar. Adiz Boboyev kompaniyalar vakillariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida zarur amaliyotiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi va viloyatda biznes yuritish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lishini ta'kidladi.

Kiritilgan vaqti: 20/12/2025 18:28.   Ko‘rilganligi: 13
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-qoshrabot-tumanidagi-ozbekiston-xitoy-hamkorligidagi-korxonalar-faoliyatini-rivojlantirish-yuzasidan-muhokama-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing