w w w . s a m a r k a n d . u z

Vetnamning "MINH SANG Co., LTD" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Vetnamning "MINH SANG Co., LTD" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Vetnamning "MINH SANG Co., LTD" kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu korxona Vetnam va Yaponiya bozorlarida katta tajribaga ega bo‘lib, ipak xomashyosini xarid qilish, uni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Uchrashuvda asosiy e’tibor Pastdarg‘om tumanida yangi "PLATINUM SILKWORM" qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasiga qaratildi. Loyiha doirasida "ELBEK TRJ" MCHJ pillachilik klasteri bilan hamkorlikda yuqori texnologiyalarga asoslangan sifatli ipak matolari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Loyihaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya hajmi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Yangi ishlab chiqarish quvvati import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi hamda yillik 250 ming dollar miqdorida qo‘shimcha qiymat yaratilishini ta’minlaydi. Investorlar ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda. Birinchi yilda 10 ming quti ipak qurti urug‘i tayyorlansa, uchinchi yilga kelib uni 60 ming qutigacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda viloyatda 3 878 tonna pilla qayta ishlanib, tayyor ipak mahsulotlari eksport qilinmoqda. Ushbu loyiha sohani modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev vetnamlik hamkorlarga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va hududning eksport salohiyatini oshirish maqsadida har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Kiritilgan vaqti: 19/05/2026 19:24.   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/vetnamning-minh-sang-co-ltd-kompaniyasi-rahbariyati-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing