w w w . s a m a r k a n d . u z

Vebster universiteti bilan hamkorlik qilinadi

Vebster universiteti bilan hamkorlik qilinadi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya AQSHga safari doirasida Vebster universiteti prezidenti Tim Kin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur muloqot ikki tomonlama ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Uchrashuv davomida asosiy e’tibor kiberjinoyatlarga qarshi kurashsish, ta’lim sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda kiberxavfsizlik sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetishtirish masalalariga qaratildi. Tomonlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qiluvchi qo‘shma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, mehnat bozoridagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, ta’lim dasturlarini moslashtirish, amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi. Bu borada xalqaro tajribani keng joriy etish va ilg‘or ta’lim modellari asosida yangi loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni izchil davom ettirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va Samarqand viloyatida zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish yo‘lida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 12/05/2026 19:45.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/vebster-universiteti-bilan-hamkorlik-qilinadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing