w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgutda xalqaro paraplan musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Urgutda xalqaro paraplan musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Tumanning Chorchinor va Sariqtepa mahallalari tog‘larida xalqaro paraplan musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilishida tuman hokimi Dilmurod Sayidqulov va viloyat turizm  boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi. Tumanda ekstremal turizm turlari ommalashib borayotgani ta’kidlandi.

Olti kun davom etadigan shou-musobaqada 10 davlatdan 50 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashyapti.

Musobaqa dasturidan paraplan shoulari va musobaqalari, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar o‘rin olgan.


Kiritilgan vaqti: 06/09/2025 17:54.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgutda-xalqaro-paraplan-musobaqasi-bolib-otmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing