w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgutda "Havo sharlari festivali" o‘tkazilmoqda

Urgutda "Havo sharlari festivali" o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyatining so‘lim, betakror tabiiy manzaralarga ega bo‘lgan Urgut tumanida "Havo sharlari festivali"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Samarqandning turizm sohasidagi imkoniyatlari, viloyatga kelayotgan sayyohlar oqimini oshirishda ushbu festivalning tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. 

 “Havo sharlari festivali” viloyatda turizmni rivojlantirish va  hududning  jozibador sayyohlik maskani sigatidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘layotgani, festival nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng 25 ta rang-barang havo sharlari osmonga ko‘tarildi. Bu manzara - yurtimiz tinchligi, mehmondo‘stligi va zamonaviy taraqqiyot sari intilayotgan xalqimizning ezgu intilishlarini ifodalaydi.
Ikki kun davom etadigan festivalda 10 ga yaqin davlatdan 100 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashyapti.

Festival dasturidan havo sharlari shoulari, turli  musobaqalar, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli chiqishlar o‘rin olgan.


Oxirgi o‘zgarish: 30/06/2025 07:53.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgutda-havo-sharlari-festivali-otkazilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing