w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgut tumaniga temir yo‘l tarmog‘ini tortish ishlarining borishi muhokama qilindi

Urgut tumaniga temir yo‘l tarmog‘ini tortish ishlarining borishi muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridan Urgut tumaniga qadar temir yo‘l tarmog‘ini tortish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Samarqand shahri hududidan boshlanuvchi yangi temir yo‘l tarmog‘i Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va Urgut tumaniga boradi.
Viloyat rahbari tegishli mutasaddilar hamrohligida ana shu tarmoqning Jartepa temir yo‘l bekatigacha bo‘lgan masofasini maxsus poyezda ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng Jartepa temiryo‘l bekatida yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar, vokzal binosi va yuk saroyining qurilishi, Tojikiston Respublikasi hududida logistika markazini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yuk qabul qilish va jo‘natishga mo‘ljallangan yirik shoxobchalarning qurilishida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
- Loyihani amalga oshirish ishlarini yanada tezlashtirish - xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda muhim ahamiyatga ega,- dedi Adiz Boboyev.
Shundan so‘ng Urgut tumanining Do‘stlik MFY hududida barpo etilayotgan avtovokzal, temir yo‘l bekati, tibbiyot klinikasi, ixtisoslashgan maktab hamda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi loyihasi doirasidagi ishlarning borishi bilan ham tanishildi. Urgut temir yo‘l vokzali yurtimiz temiryo‘l tarmog‘i tarixida ilk bor xususiy tadbirkor tomonidan qurilayotgan obyekt hisoblanadi.
Ushbu obyektlarda yo‘lovchilar va aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish, xususan, ularning dam olishlari, ovqatlanishi, turli xizmatlardan foydalanishlarini hisobga olgan holda qurilish ishlarini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Hududda milliy uslubdagi xizmatlar ko‘rsatish shaxobchalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ham takliflar berildi. Bu ishlarni amalga oshirishda avvalo aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ularning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishlariga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kiritilgan vaqti: 02/08/2025 22:53.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgut-tumaniga-temir-yol-tarmogini-tortish-ishlarining-borishi-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing