w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgut tumanidagi Omonqo‘ton qishlog‘iga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Urgut tumanidagi Omonqo‘ton qishlog‘iga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

“Omonqo‘ton” turizm qishlog‘ining ochilish marosimida viloyat rahbari Adiz Boboyev, soha mutaxassislari hamda qishloq aholisi ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari Samarqandda turizm sohasiga berilayotgan e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Omonqo‘ton mahallasi Samarqand viloyatidagi eng katta va tashrif buyuruvchilar soni ko‘pligi bilan ajralib turadigan hudud hisoblanadi. Mahallaga yoz mavsumida bir kunda 5-10 ming nafargacha dam oluvchilar va sayyohlar keladi. Hududning bahavo tabiati, baland tog‘lari, soyidan oquvchi zilol suvi kishilarni jalb qiladi.
Mahallaga tashrif buyuruvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida infratuzilma yaxshilandi.
Hozirgi kunda sayyohlar uchun 50 dan ortiq oilaviy mehmon uylari, kapsulali joylashtirish vositalari va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyat rahbari turizm qishlog‘ida yangi imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishib, hududda aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 29/06/2025 07:45.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgut-tumanidagi-omonqoton-qishlogiga-rasman-turizm-qishlogi-maqomi-berildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing