w w w . s a m a r k a n d . u z

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

G‘oliblar:

1-o’rin: Namangan viloyati Pop tumani 67-IDUM jamoasi;
2-o’rin: Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 47-maktab jamoasi;
3-o’rin: Samarqand viloyati Ishtixon tumani 48-maktab jamoasi.

G’olib jamoa a’zolarining har biri maxsus diplom, tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari hamda noutbuklar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, g’olib o’quvchilarga bir o‘quv yili davomida quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi beriladi:

1-o‘rinni egallagan o’quvchilarning har biriga — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 650 ming so’mdan);

2-o‘rinni egallagan o’quvchilarning har biriga — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (1 mln 320 ming so’mdan);

3-o‘rinni egallagan o’quvchilarning har biriga — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (990 ming so’mdan).

Maktablardagi "Zakovat" klublarining faoliyati eng yaxshi, deb topilgan 30 nafar koordinatorlar planshetlar bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 23/10/2023 18:18.   Ko‘rilganligi: 187
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/umumiy-orta-talim-maktablari-oquvchilari-ortasidagi-zakovat-turnirining-respublika-bosqichi-goliblari-aniqlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.