w w w . s a m a r k a n d . u z

Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Arkadag‘ shahri qurilishi bo`yicha Davlat qo‘mitasi raisi Deryageldi Orazov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Samarqandga keldi

Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Arkadag‘ shahri qurilishi bo`yicha Davlat qo‘mitasi raisi Deryageldi Orazov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Samarqandga keldi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘zbek va turkman xalqlari azal-azaldan yaqin do‘st, ahil qo‘shni, strategik hamkor sifatida mushtarak maqsadlar bilan yashab kelayotgani, shu sababli, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning ildizi uzoq tarixga borib taqalishi, so‘nggi yillarda bu hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganligi ta'kidlandi.
Joriy yilning 23−24-aprel kunlari Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammedovning Samarqandga tashrifi, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvu ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning ramzi bo‘lganligi xususida so‘z yuritildi.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev Samarqand tarixi va bugungi zamonaviy shaharsozlik ishlarining borishi haqida mehmonlarga ma’lumotlar berdi.
Deryageldi Orazov Turkmanistondagi Arqadag‘ shahrining barpo etilishiga to‘xtalib o‘tdi. U «aqlli shahar» konsepsiyasi asosida qurilganligini bildirdi.
Tashrif chog‘ida mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari, ko‘chalari, “Boqiy shahar” majmuasi, zamonaviy mehmonxonalar, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirishni maqsad qilganligini bildirib o‘tishdi.

Kiritilgan vaqti: 14/05/2025 08:34.   Ko‘rilganligi: 107
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/turkmaniston-prezidenti-huzuridagi-arkadag-shahri-qurilishi-boyicha-davlat-qomitasi-raisi-deryageldi-orazov-boshchiligidagi-delegatsiya-vakillari-samarqandga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing