w w w . s a m a r k a n d . u z

Turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi - O‘zbekistonning Janubiy Koreya Respublikasidagi turizm brendi elchisi Kang Da-yun bilan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat rahbari Adiz Boboyev O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.
Janubiy Koreya vakillari mamlakatimizda so‘ngi yillarda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi Kang Da-yun o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonning boy va betakror sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda ilgari surish borasida samarali faoliyat ko‘rsatayotganini aytib, Samarqandning turistik imkoniyatlarini jahon bozorida faol targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratishini bildirdi.
Uchrashuv davomida Samarqand viloyat hokimligi vakillari Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar va tashabbuslar haqida fikr almashdilar.

Kiritilgan vaqti: 22/07/2025 10:36.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/turizm-sohasidagi-hamkorlik-aloqalarining-bugungi-holati-va-istiqbollariga-bagishlangan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing