
Samarqandda o‘tkazilayotgan "Challenge Samarkand-2025" xalqaro musobaqasining asosiy bahslari yakunlandi.
Sportchilar o‘rta masofaga 1,9 kilometr suzish, 86 kilometr velosiped poygasi, 21,5 kilometr yugurish bellashuvlarida mahoratini ko‘rsatdi.
Natijalarga ko‘ra, professional sportchilar bahsida erkaklar o‘rtasida Buyuk Britaniya sportchilari Vill Draper (3:40:42) hamda Maks Stapley (3:41:35) marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Uchinchi o‘rinni serbiyalik Ognyen Stoyanovich (3:43:54) egalladi.
Ayollar bahsida ispaniyalik Sara Perez Sala (4:05:34) g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar avstriyalik Amelia Vatkinson (4:07:12) va shvesiyalik Anna Bergsten (4:10:38)ga nasib etdi.
O‘zbekistonlik professional triatlonchilar mazkur bahslarda ishtirok etmadi.
Havaskor sportchilar o‘rtasida esa yakkalik, jamoaviy va turli yosh toifasida g‘oliblar aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.