w w w . s a m a r k a n d . u z

Toyloqda asalarichilik festivali o‘tkazilmoqda

Toyloqda asalarichilik festivali o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Toyloq tumanidagi “Darg‘om o‘rmon xo‘jaligi” hududida asalarichilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda qator tashkilot va idoralar masʼullari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etyapti.
Festival doirasida asalarichilik sohasida ishlab chiqarilayotgan turli mahsulotlar namoyish qilinmoqda. Qatnashchilarga tabiiy asal, propolis va boshqa mahsulotlarning tayyorlanish jarayonlari, sifat ko‘rsatkichlari va foydali xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilyapti.
Tadbir qatnashchilari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirish bilan birga asalarichilar tajribasi va zamonaviy innovatsion usullar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Festival davomida viloyatda asalarichilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan seminar ham tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ushbu hududdagi 1 gektar maydonda “Yoshlar bog‘i”ni yaratishga kirishildi.

Kiritilgan vaqti: 15/11/2025 11:54.   Ko‘rilganligi: 13
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/toyloqda-asalarichilik-festivali-otkazilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing