w w w . s a m a r k a n d . u z

Toyloqda “Amir Temur bog‘i” barpo etildi

Toyloqda “Amir Temur bog‘i” barpo etildi

Toyloq tumanida buyuk sarkarda, davlat arbobi tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur bog‘i” barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu ezgu tashabbus yurtimizda tarixiy merosni asrab-avaylash, buyuk ajdodlar xotirasini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
O‘rtaqishloq mahallasida joylashgan mazkur bog‘ hududi tubdan obodonlashtirilib, uning markazida qad rostlagan Amir Temur haykali qayta ta’mirlandi. Natijada hudud zamonaviy va estetik jihatdan yanada jozibador maskanga aylandi.
Bog‘ning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, siyosiy fanlar doktori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda keng jamoatchilik vakillari, faollar,iqtidorli yoshlar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning buyuk sarkardalik salohiyati, uning tarixdagi o‘rni, amalga oshirgan yurishlari, bunyodkorlik ishlari va qurdirgan bog‘lari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbirda maktab o‘quvchilari hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, yoshlarning Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari va she’rlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
“Amir Temur bog‘i” nafaqat dam olish maskani, balki yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan faxr va g‘ururni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim ma’naviy maskanga aylandi.

Oxirgi o‘zgarish: 13/04/2026 08:05.   Ko‘rilganligi: 441
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/toyloqda-amir-temur-bogi-barpo-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing