
Bugun Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. B.Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra, Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Raxmatullayev Bexzod Raxmatullayevich nomzodini Toyloq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Bexzod Raxmatullayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.