w w w . s a m a r k a n d . u z

The Times turizm doirasida Samarqandni e’tirof etdi

The Times turizm doirasida Samarqandni e’tirof etdi

Britaniyaning nufuzli The Times nashri o‘zining Travel ruknida sayyohat uchun qulay joylar qatorida Samarqand, Buxoro, Xivalarni ham qo‘shib qo‘ydi.

Nashriyot o‘z obunachilariga 2023 yili Avtraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Misr, Qatar, Keniya, Senegal, O‘zbekiston kabi davlatlarga borishni tavsiya qilgan.

“Samarqandning oltin davri Ipak yo‘li davriga to‘g‘ri keladi. Bugun O‘zbekiston nafaqat Samarqand, balki o‘zining yana ikki qadimiy, maftunkor markazi — Buxoro va Xiva bilan ham turistlarni lol qoldira oladi. Bu qadimiy shaharlar yashil gumbazli masjidlari va javohirlar bilan bezatilgan maqbaralari bilan odamlarni o‘ziga bog‘lab turadi. Shuningdek, Samarqand shahri yaqinida joylashgan Silk Road turistlarga hashamatli mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qiladi”, deyiladi maqoladi.


Oxirgi o‘zgarish: 02/02/2023 10:39.   Ko‘rilganligi: 329
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/the-times-turizm-doirasida-samarqandni-etirof-etdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.