
2025-yilning 20-aprelidan 10-mayiga qadar “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichini targ‘ib qilish, tijoratlashtirish hamda uning huquqiy muhofazasini ta’minlash maqsadida
“Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi" tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama sohasida yoki ushbu faoliyatning turdosh yo‘nalishlarida ko‘nikma va professional tajribaga ega bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz, ushbu sohalarda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovga hujjatlari 2025-yilning 10-may kuni soat 22:00 gacha samarqandnoni2025@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
“Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi" tanlovini o‘tkazish tartibi va belgini ishlab chiqish bo‘yicha shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.