w w w . s a m a r k a n d . u z

Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi “Saxari” MChJda viloyat hokimi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish imkoniyatlari, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari dastlab “Saxari” MChJda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, korxonada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda “Oriental Universiteti” Samarqand bo‘linmasi taqdimoti bilan tanishdilar.
Yig‘ilishda sanoat yo‘nalishida kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oliy taʼlim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar eshitildi.
Shuningdek, kengash tomonidan moliyalashtirilgan “Samarqand viloyati teleradiokanali” studiyasini zamonaviy LED monitor va yoritgichlar bilan jihozlash, viloyatda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan teleko‘rsatuvlarni ko‘paytirish loyihasi yuzasidan hisobot ham tinglandi.
Yig‘ilishda Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan yangi vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng ikki nafar samarqandlik tadbirkor "Turon" fanlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilinib, tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan kengash aʼzolarining bir guruhi viloyat hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Yig‘ilish yakunida viloyat rahbari Adiz Boboyev so‘zga chiqib, kengash ishini yanada yaxshilash, uning tadbirkorlar muammolarini hal qilishdagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan tavsiyalarini berdi.

Kiritilgan vaqti: 29/09/2025 22:19.   Ko‘rilganligi: 198
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tadbirkorlar-jamoatchilik-maslahat-kengashining-navbatdagi-yigilishi-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing