w w w . s a m a r k a n d . u z

Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat hokimi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev, kengash aʼzolari va tadbirkorlar ishtirok etib, hudud iqtisodiyotini jadallashtirish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor masalalarni muhokama qildilar.
Yig‘ilishda viloyatni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan investitsion va mahalliylashtirish loyihalari, sanoatlashtirilgan hududlardagi bo‘sh yer maydonlari hamda samarasiz foydalanilayotgan xususiy obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik loyihalari yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyatning turistik salohiyatini yanada oshirish maqsadida turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun ajratilgan hududlar taqdimoti o‘tkazilib, istiqbolli loyihalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda yangi tashabbuslar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul rahbar va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlar yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish, viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritilgan vaqti: 03/07/2026 21:49.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tadbirkorlar-jamoatchilik-maslahat-kengashining-kengaytirilgan-yigilishi-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing