w w w . s a m a r k a n d . u z

Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning "Ipak yo'li" xalqaro turizm markazida tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlarning takliflari, faoliyatini yanada rivojlantirishga to‘siq bo‘lib turgan muammoli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, muloqot davomida yangi biznes loyihalarini moliyalashtirish, kredit to‘lovlari, infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tegishli soha mas’ullari ishtirokida o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.
Tadbirda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi direktori Alisher Sa'dullayevlar ishtirok etishdi.

Kiritilgan vaqti: 04/09/2025 19:36.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tadbirkorlar-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing