
Viloyatdagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan mazkur muloqotda
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari bank kreditlari va subsidiyalar ajratilishi, soliq imtiyozlaridan foydalanish, startap g‘oyalarini joriy qilish, mehmonxona binosi uchun ruxsatnoma olish, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish, mahsulot eksportini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Umuman, muloqotda ishlab chiqarish, turizm, qishloq xo‘jaligi, xususiy tibbiyot va boshqa sohalardagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan ayrim masalalarning yechimi uchun muddatlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.