w w w . s a m a r k a n d . u z

Slovakiya Prezidentining tashrifi yakunlandi

Slovakiya Prezidentining tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-oktabr kuni yurtimizga kelgan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrinining amaliy tashrif yakunlandi.

Samarqandda amalga oshirilgan tashrif dasturiga muvofiq 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini muzokara o‘tkazdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Slovakiya yetakchisi nufuzli mehmonlar qatorida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, tashkilot Bosh konferensiyasi sessiyasining 31-oktabr kungi navbatdagi yalpi majlisida qatnashib, so‘zga chiqdi.
Peter Pellegrini tashrif davomida Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdi hamda O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qildi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Kiritilgan vaqti: 01/11/2025 11:57.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/slovakiya-prezidentining-tashrifi-yakunlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing