w w w . s a m a r k a n d . u z

"Shirin" shaharchasi qurilishi loyihasiga xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda

"Shirin" shaharchasi qurilishi loyihasiga xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda

Turkiyaning "ARIMATIK" kompaniyasi Samarqandda barpo etilishi rejalashtirilgan "Shirin" shaharchasi qurilishi loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirib, hududga bosqichma-bosqich 4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishga tayyorligini ma'lum qilishdi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyevning kompaniya vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritildi.
"ARIMATIK" kompaniyasi 42 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, qurilish, energetika, konchilik va boshqa sohalarda faoliyat yuritib kelyapti. Kompaniya vakillari Samarqandda yirik investision loyihalarni amalga oshirishda asosiy hamkorga aylanish istagini bildirishmoqda.
Muzokaralar davomida viloyat rahbari va «Shirin» direksiyasi mas’ullari kelajakda barpo etiladigan shaharchada zamonaviy me’moriy va infratuzilmaviy qiyofani shakllantirishga qaratilgan loyihalar haqida investorlarga ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, yer uchastkalarini Lotlar orqali sotib olish tartibi va shartlari tushuntirildi.
Tomonlar "Shirin" shaharchasining yakuniy konsepsiyasi ishlab chiqilganidan keyin hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 12/12/2025 21:43.   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/shirin-shaharchasi-qurilishi-loyihasiga-xorijiy-investorlar-qiziqish-bildirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing