
Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ziyolilar va tarixchi-olimlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Ana shu uchrashuvda Shayboniylar sulolasiga mansub “Shayboniylar dahmasi”ni ommalashtirish bo‘yicha tarixchi olimlar bir qator takliflarni bildirgan edi.
Viloyat rahbari mas’ul mutasaddi va tarixchi olimlar bilan birgalikda Samarqand shahrining yuragi hisoblanmish – Registon maydoni hududida joylashgan dahmani ziyorat qildi. Mutaxassislar o‘rta asr me’moriy yodgorligining paydo bo‘lish tarixi haqida batafsil so‘zlab berishdi.
Shundan so‘ng Adiz Boboyev mas’ullarga dahma hududini obodonlashtirish, ko‘chat va butalar ekish orqali yashil maydonlarni ko‘paytirish, tashrif buyurgan mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida ma’lumotlar taxtasini o‘rnatish, QR kodli qilib joylashtirish, atroflariga tilovat qilish uchun o‘tirg‘ichlar o‘rnatish borasida tegishli vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.