w w w . s a m a r k a n d . u z

Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy majmuasidagi bunyodkorlikni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy majmuasidagi bunyodkorlikni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 avgust kuni Samarqand viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari avvalo Payariq tumaniga borib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
- Ilohim, duolarimiz ijobat bo‘lib, Alloh yurtimizni tinchlik-osoyishtalikda saqlasin, fayzu baraka bersin. Mana, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida turibmiz. Xalqimiz bilan birga shu kunlarga yetganimizga shukrlar aytamiz. Oldimizga yana katta-katta rejalar qo‘yganmiz. Buning uchun ikki karra ko‘proq harakat qilishimiz, yoshlar tarbiyasiga e’tibor berishimiz kerak. Hamma sohada ta’limni, bilimni oshirsak, natijalar yuqori bo‘ladi. Yoshlarimiz Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bekday bobolarimizga munosib bo‘lishini istaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoev.
Islom ma’rifati bo‘yicha, xuddi Buxorodagidek, Samarqandda ham namuna yaratish kerakligi ta’kidlandi. Allomalarimiz merosidan foydalanib, jaholatga qarshi ma’rifatni kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Hozirgi kunda Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari pardozlash ishlari namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Kiritilgan vaqti: 24/08/2023 21:10.   Ko‘rilganligi: 333
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/shavkat-mirziyoev-imom-buxoriy-majmuasidagi-bunyodkorlikni-kozdan-kechirdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.