w w w . s a m a r k a n d . u z

Sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash holati tahlil etildi

Sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash holati tahlil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi 271-sonli va 2022-yil 30-dekabrdagi 465-sonli qarorlariga asosan erkin iqtisodiy zonalar,

kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash parametrlari tasdiqlangan.

Tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda viloyat hokimligida tahlil etildi.

Muhokamada Erkinjon Turdimov “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligidagi 1 ta yo’l va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmachiligidagi 9 ta elektr tarmoqlari ob’yektlarida qurilish ishlari yakunlanmaganligi sabablari bilan qiziqdi. Mas’ullarning hisobotini eshitdi.

Shuningdek, muhokama jarayonida ayrim amalga oshirilgan ishlar sifatsiz bajarilganligi tanqid qilindi.

Xususan, “Suvinjiniring kompaniyasi” buyurtmasi asosida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi “Xishrav-2” mavzesida amalga oshirilgan kanalizatsiya tarmog’i transheyasini qayta ko’milishida zichlash ishlari sifatsiz bajarilishi natijasida cho’kish holatlari kuzatilgan, Kuzatuv quduqlarining trubalar kesib o’tish joylarida gilzalar zanglashga qarshi maxsus suyuqliq bilan ishlov berilmagan, kuzatuv quduqlarning 5 tasida bitumlash ishlari loyihadan chetlashgan holda atigi 1 qavat bajarilganligi ma’lum qilindi.

Shu bilan bir qatorda, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan kichik sanoat zonalarida 31,8 ga yer maydonlarida joylashtirilishi kerak bo’lgan, 167 ta lotni auktsion savdosiga chiqarish ishlari yakuniga yetkazilmaganligi ham viloyat rahbarining e’tiroziga sabab bo’ldi.

Yakunda aniq muddat bilan mas’ullarga vazifalar yuklanib, natijasi 10 kundan so’ng takroriy ravishda muhokama etilishi belgilandi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/03/2024 12:36.   Ko‘rilganligi: 217
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/sanoat-zonalarini-tashqi-muhandislik-kommunikatsiya-tarmoqlari-bilan-taminlash-holati-tahlil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.