w w w . s a m a r k a n d . u z

Sankt-Peterburg shahri gubernatori bilan uchrashuv

Sankt-Peterburg shahri gubernatori bilan uchrashuv

Joriy yilning 22-may kuni Sankt-Peterburg shahrida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov shahar gubernatori Aleksandr Beglov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda madaniy-gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar natijasida ko’plab sohalarda, xususan madaniyat va san’at, kadrlar tayyorlash va almashinuvini tashkil etish, farmatsevtika, elektrotexnika, metallurgiya va AKT sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida joriy yilning 28-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining shimoliy poytaxtida o’tkaziladigan “Alie parusa” (Алые паруса) tadbirida viloyatimizning 15 nafar a’lochi maktab bitiruvchilari ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Yakunda Sankt-Peterburg shahri va Samarqand viloyati o’rtasida hamorlikni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo’yicha alohida ishchi guruh tuzilishi hamda ikkala hududda biznes forumlar o’tkazilishi belgilandi.


Kiritilgan vaqti: 23/05/2024 09:42.   Ko‘rilganligi: 299
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/sankt-peterburg-shahri-gubernatori-bilan-uchrashuv

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.