Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda sport federatsiyalari terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan viloyat spartakiada musobaqalariga start berildi.
Musobaqalar boshlanishiga bag‘ishlab tashkil qilingan tantanali tadbirda viloyat hokimi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov so'zga chiqib, barcha qatnashchilarni qutlagan holda omad va zafarlar tiladi.
Ma'lumot o'rnida: ishtirokchilar volleybol, basketbol, futzal, shaxmat, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, suzish va o‘q otish singari 9 ta sport turi bo'yicha kuch sinashishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.