w w w . s a m a r k a n d . u z
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi bir necha nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkazdi.
Bugun ushbu nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi va rag‘batlantirildi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Adiz Boboyev barcha to‘planganlarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagilar taqdirlandi:
“Eng namunali tuman va shahar” nominatsiyasi
1. Pastdarg‘om tumani 1-o‘rin, 100 million so‘m;
2. Payariq tumani 2-o‘rin, 50 million so‘m;
3. Ishtixon tumani 3-o‘rin, 25 million so‘m.
***
“Eng chiroyli bezatilgan archa” nominatsiyasi
1. Viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti 1-o‘rin, 15 million so‘m;
2. Urgut tumani hokimligi 2-o‘rin, 10 million so‘m;
3. Samarqand tuman hokimligi 2-o‘rin, 10 million so‘m;
4. Qo‘shrabot tuman hokimligi 3-o‘rin, 5 million so‘m;
5. Bulung‘ur tuman hokimligi 3-o‘rin, 5 million so‘m;
6. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi 3-o‘rin, 5 million so‘m.
***
“Eng namunali ko‘cha” nominatsiyasi
1. Samarqand shahar “Ko‘ksaroy” ko‘chasi” 1-o‘rin, 15 million so‘m;
2. Toyloq tumani “Amir Temur” ko‘chasi 2-o‘rin, 10 million so‘m;
3. Jomboy tumani “Toshkent” ko‘chasi 3-o‘rin, 5 million so‘m.
***
“Eng chiroyli bino”
1. Samarqand shahridagi Movenpik mehmonxonasi 1-o‘rin, 15 million so‘m;
2. Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tumani bo‘limi 2-o‘rin, 10 million so‘m;
3. Samarqand shahridagi 52-maktab 3-o‘rin, 5 million so‘m.
***
“Eng chiroyli bezatilgan tashkilot”
1. Payariq tumanidagi 2-maktab 1-o‘rin, 15 million so‘m;
2. Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi 2-o‘rin, 10 million so‘m;
3. Narpay tumani tibbiyot birlashmasi 3-o‘rin, 5 million so‘m.
***
“Eng faol tashkilotchi”
1. Jurayev Baxtiyor Xolovich (Viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti rahbari) 1-o‘rin, 25 million so‘m;
2. Nurullayev Zafar Dexqonovich (Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti hudud rahbari) 2-o‘rin, 15 million so‘m;
3. Berdimurodov Mirolim Asrorovich (Samarqand shahar obodonlashtiri boshqarmasi tashqi yoritish bo‘lim boshlig‘i) 3-o‘rin, 10 million so‘m.