w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandning 72% elektr energiya iste’molchilari iyun oyida 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan

Samarqandning 72% elektr energiya iste’molchilari iyun oyida 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori qabul qilingan.

Bugun viloyat hokimligida mazkur qarorda yuklatilgan vazifalar ijrosi, elektr energiya ta’minoti, iste’moli va muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Muhokama davomida viloyatda elektr energiya iste’moli tahlil qilinganda, iyun oyida 524391 ta iste’molchi yoki jami iste’molchilarning 72 foizi tomonidan 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilinganligi ma’lum qilindi. Paxtachi tumani (85% iste’molchilari), Narpay tumani (83% iste’molchilari), Pastdarg’om, Payariq va Urgut tumanlari (82% iste’molchilari) tejamkorlik natijalarini qayd etishgan.


Kiritilgan vaqti: 09/07/2024 19:16.   Ko‘rilganligi: 300
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandning-72-elektr-energiya-istemolchilari-iyun-oyida-200-kvt-soatgacha-elektr-energiyasi-istemol-qilgan

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.