w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandlik tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

Samarqandlik tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

"20-avgust - Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 12 nafar samarqandlik tadbirkorlar ham bor.

Jumladan, Samarqand shahridagi “Azia metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investisiya masalalari bo‘yicha direktori Odil Boltayev "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni, Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Botir Kazimov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni, Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Ma’ruf Urunboyev "Mardlik" ordeni, Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat ta’lim muassasasi direktori Muhammadxon Soliyev "Kelajak bunyodkori" medali, Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Pan Yevgeniya "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Samarqand shahridagi “Renessans dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Farrux Ahmedjonov, Paxtachi tumanidagi “Alisher” xususiy korxonasi direktori Ulug‘bek Begimov, Urgut tumanidagi “Maxmadjon nurafshon” xususiy korxonasi direktori Begimqul Gadoyev, Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Jahongir Jabborov, Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Shokirjon Jalilov, Samarqand shahridagi “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori Li Yuriy, Samarqand tumanidagi “Gulobod mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Farhod Rahmatovlar "Faol tadbirkor" ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘ldi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Davlat mukofotlari samarqandlik tadbirkorlarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasidagi mehnatiga yuksak e’tirof bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 18/08/2026 20:05.   Ko‘rilganligi: 9
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandlik-tadbirkorlarga-davlat-mukofotlari-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing