w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandlik tadbirkorlar O‘zbekiston – Janubiy Koreya ishbilarmonlari biznes-forumida ishtirok etdi

Samarqandlik tadbirkorlar O‘zbekiston – Janubiy Koreya ishbilarmonlari biznes-forumida ishtirok etdi

Forumda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, O‘zbekistoning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov so’zga chiqib, Samarqandning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilgani, ikki mamlakatning ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishida ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalarni o‘rnatishning o‘rni katta ekanligi ta’kidlandi. O‘zaro tovar ayirboshlash, sarmoya kiritish, sanoat va savdo sohalarida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi.
Adiz Boboyev qishloq xo‘jaligi, ta’lim, to‘qimachilik, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun Samarqandda katta imkoniyat mavjudligini qayd etdi.
Forum doirasida tashkil etilgan uchrashuvlarda tadbirkorlar faol ishtirok etib, aniq loyiha takliflari asosida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Forumda bir qator ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi. Bu orqali tarmoqlar va hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, shahar infratuzilmasini barpo etish, tejamkor texnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 23/07/2025 13:24.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandlik-tadbirkorlar-ozbekiston-janubiy-koreya-ishbilarmonlari-biznes-forumida-ishtirok-etdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing