Samarqandlik 3 nafar 10-sinf oquvchilari - Saidafzal Shukurov, Xojiakbar Murodov va Samandar Muxammadiyevlar tomondan yaratilgan ingliz tilini o'rganishni sun'iy intellekt va kengaytirilgan reallik (AR – Augmented Reality) yordamida baholash adaptiv tizimi yaratildi.
Hozirgi kunda 10 ga yaqin mamlakatlarda sinovdan o'tgan platforma bosh qarorgohi Gretsiyada bo’lgan, hamda 20 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadigan G’arbiy Yevropaning eng nufuzli ta’lim muassassalaridan biri - Maria Daviati nomidagi Xalqaro ilmiy-izlanish va pedagogik maktabi xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yildan boshlab, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish taklifi mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta'limini rivojlanishga turtki bo'ldi. Natijada, mamlakatimizning turli chekkalarida ingliz va boshqa xorijiy tillarni o'rganish, shuningdek ko'plab kasb-hunarlar bilan bir qatorda IT sohasida ham yoshlarimizning qiziqishi kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, umumta’lim maktablarda informatika fanidan dunyo tan olgan Kembridj va MM nashriyotlarida chop etilgan kitoblarning ishlatilishi, yoshlarning xalqaro andozalarga mos ta’lim dasturlarini o'qishiga imkon yaratdi.
O’quvchilarning ilmy rahbari hozirgi kunda AQShning San Diego Universitetida ilmiy ish qilayotgan xalqaro ekspert Muxammadxon Soliyevning ta’kidlashicha : “So’nggi yillarda mamlakatimizda IT va xorijiy tillarni o’rganishga davlatimiz rahbari darajasida berilayatgan e’tibor minglab yoshlarimizning IT loyihlarga qiziqish bildirishiga, va kerakli bilim ko’nikmalarni olgandan keyin jahon standartlariga javob beradigan dasturiy ta’minotlar yaratib katta yutuqlarga erishayatgani tahsinga sazovor. Jumladan, hali 10-sinf maktabga o’quvchilar tomonidan yaratilgan platformaning Maria Daviati nomidagi Xalqaro ilmiy-izlanish va pedagogik maktabi kabi jahon tan olgan ta’lim muassassalari tomonidan ishlatilishi tahsinga sazovor”
O’quvchilar tomonidan yaratilgan platforma sun’iy intellekt (Artifical Intelligence) yordamida til bilish darajasini yuqori aniqlikda aniqlab berib, qaysi jabhalarda o’z ustida ishlashi kerakligini, o’quvchilarning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq belgilab beradi. Boshqa platformalardan farqli ravishda, mazkur platforma audio va vizual malumotlardan tashqari, AR (Augmented Reality) yani kegaytirilgan raeallik konsepsiyasining tadbiq etilganidir.
Platforma yaratuvchilari - Samarqand shahar davlat maktabalarida tahsil olayatgan oddiy o’quvchilar, IT sohasidagi bilimlarni bir million dasturchi doirasida hamda informatika fanidan maktablarda joriy etilgan MM nashriyotida chop etilgan kitoblar orqali o’rgangan. Platformani ishga tadbiq etgan Maria Daviati nomidagi Xalqaro ilmiy-izlanish va pedagogik maktabi o’quvchilarga grant berish haqida ham ma’lumot bergan.
Maria Daviati nomidagi Xalqaro ilmiy-izlanish va pedagogik maktabi 2002-yilda tuzilgan bo’lib, 20 dan ortiq mamlakatlarda o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Hozirgi kungacha 50,000 dan ziyod bitiruvchilari iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritadi, muassassa tomonidan taqdim etiladigan kurslar Yevropa ta’lim tashkilotlari reytingida yuqori o’rinlarda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.